Ba’zi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etildi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2023
5199O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati kengaytirildi.
Ular:
- g‘ildirakli, harakatlanadigan ko‘tarma fermalar va portal yuk ortgichlar;
- minora kranlari;
- to‘qimachilik tolalarini transportirovka qilish uchun pnevmatik ko‘targichlar va konveyerlar;
- tovarlar va materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan kovshli, tasmali, rolikli va boshqa elevator hamda konveyerlar;
- pochta jo‘natmalarini saralash, taxlash yoki konvertlarga joylash yoki o‘rab bog‘lash uchun mashinalar, pochta jo‘natmalarini ochish, yopish yoki muhrlash uchun mashinalar hamda pochta markalarini yopishtirish yoki hisobdan chiqarish uchun mashinalar;
- o‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 375 kVAdan, 750 kVAgacha va 750 kVAdan yuqori);
- yuqori haroratli payvandlash uchun mashina va apparatlar;
- yo‘lsiz sharoitlarda foydalanish mo‘ljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari o‘rnatilgan), yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk mashinasi (avtomobil-samosval);
- issiqxona uchun uskuna va jihozlar.
Hujjatda investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasiga qo‘shimcha vakolatlar berish belgilangan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi