Bahrom Ashrafxonov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi
Jamiyat
−
31 mart 2020
15184Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimidan ozod etildi.
U boshqa lavozimga tayinlanishi kutilyapti.
Ma’lumot uchun, Bahrom Ashrafxonov 2019 yil sentyabrida Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlangandi.
Bahrom Ashrafxonov 1969 yilda tug‘ilgan, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 1994−1998 yillarda — AIG Trading Group’ning Markaziy Osiyodagi vakili, 1998−2000 yillarda — UzAIG O‘zbekiston-Amerika sug‘urta kompaniyasi bosh menejeri, 2000−2002 yillarda — Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.
2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-2019 yillarda "O‘zbekneftegaz" AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan.
2019 yil fevralidan 2019 yil sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.
LiveBarchasi