Bahrayn ham Isroil bilan aloqalarini uzdi

Olam

image

Bahrayn Isroil bilan iqtisodiy aloqalarini uzib, elchisini chaqirib oldi. Bu haqda mamlakat Vakillar kengashi (parlamentning quyi palatasi) axborot xizmati xabar berdi

“Bu qaror Bahraynning Falastin ishini va qardosh Falastin xalqining qonuniy huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi qat’iy tarixiy pozitsiyasining tasdig‘i hisoblanadi. Bu haqda Qirol barcha konferensiyalar va tadbirlarda qayta va qayta ta’kidlab o‘tgan edi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, mazkur xabar fonida Isroil elchisi ham qirollikni tark etgan. 

Quyi palataning ta’kidlashicha, jangovar harakatlarni davom ettirish, xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilmaslik nuqtayi nazaridan Isroilning davom etayotgan eskalatsiyasi Bahraynni Falastin tinch aholisining hayotini saqlab qolishga qaratilgan ko‘proq qarorlar va choralar ko‘rishga majbur qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bahrayn va Isroil o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2020 yilda AQSH tashabbusi bilan o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviya hukumati G‘azo sektoridagi amaliyot tufayli Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qilgan edi. Shuningdek, Chili va Kolumbiya mamlakatdagi elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bahrayn iqtisodiy aloqalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing