Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov kelgusi jangini 17 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Bu haqda “Boxrec” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘sha kuni Jalolovga kim raqiblik qilishi hozircha noma’lum.

Boks kechasining markaziy jangi britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasida o‘tkaziladi. Jang g‘olibi super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylanadi.

Qayd etish joiz, hozirda 29 yoshli bokschi Maldiv orollarida bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov profboksda 14 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U oxirgi jangini o‘tgan yili noyabr oyida Toshkentda janubiy afrikalik Kris Tompsonga qarshi o‘tkazib, raqibini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bahodir Jalolov Aleksandr Usik Tayson Fyuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing