Bahodir Yunusov MTRK raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 2 oktyabr kuni Bahodir Yunusov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegishli farmoyishni imzoladi.

U yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Yunusov bungacha O‘zbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham faoliyat yuritgan. 2017 yilda O‘zbekiston MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Yunusov 2024 yilning sentyabrida Prezident matbuot xizmati shu’ba mudiri etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing