Bahodir Yunusov Prezident Administratsiyasida shu’ba mudiri bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Bahodir Mahsudovich Yunusov Prezident matbuot xizmati shu’ba mudiri etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shuningdek, farmoyish bilan Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan Kamila Timurovna Gaynulina Prezident matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, “Shuhrat” medali sohibi Bahodir Yunusov Prezident matbuot xizmatiga ishga o‘tishidan oldin, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bosh muharriri lavozimida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Yunusov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar