Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi
Jamiyat
−
28 yanvar 9245 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Bahodir Hamidovich Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Toshmatov 1964 yilda tug‘ilgan. Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini, shuningdek, Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar falsafa doktori, dotsent.
U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlarida qo‘mondonlik shtabining turli lavozimlarida xizmat qilgan. 1992−1999 yillarda Mudofaa vazirligining rahbar lavozimlarida ishlagan, 1999−2008 yillarda Mudofaa vazirligining harbiy okruglari qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan.
2008−2011 yillarda u Mudofaa vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, so‘ngra 2011−2013 yillarda — O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lib ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlanishidan oldin u Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Toshmatov 2025 yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi