Olimpiada: Jalolov oltin medal uchun qachon ringga ko‘tariladi?

Sport

image

Boks bo‘yicha +91 kg vazn toifasida Olimpiada o‘yinlari finaliga yo‘l olgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovning raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Final bellashuvi 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:15 da o‘tkaziladi va  Bahodir Jalolovga  amerikalik Richard Torres raqiblik qiladi. Torres yarim finalda Qozog‘iston vakili Kamshibek Konkabayevni juda katta ustunlik bilan mag‘lub etgan bo‘lsa, Jalolov britaniyalik Freyzer Klark ustidan g‘alabaga erishdi.

Bunga qadar, ushbu bokschilar 2019 yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining chorak finalida ham to‘qnash kelgan va unda Jalolov raqibini chuqur nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Boks Tokio-2020 Richard Torres

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing