Belsa Urugvay terma jamoasidan ketishini e’lon qildi
Sport
−
23 may 868 1 daqiqa
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
“Milliy terma jamoadagi ishim Jahon chempionatidan keyin yakunlanadi. Har qanday professional uchun Jahon chempionatida ishtirok etish sport faoliyatidagi mo‘’jizadir. Menga Jahon chempionati kabi musobaqada qatnashish imkonini bergani uchun Urugvaydan abadiy minnatdor bo‘laman”, deydi Belsa.
70 yoshli Belsa 2023 yil may oyidan buyon Urugvay terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida jamoa 33 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta g‘alaba, 10 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Bungacha Belsa Angliyaning “Lids Yunayted”, Fransiyaning “Lill” va “Marsel”, Italiyaning “Latsio”, Ispaniyaning “Atletik” klublari, shuningdek Chili va Argentina terma jamoalarini ham boshqargan.
Jahon chempionati joriy yilning 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda Urugvay “H” guruhida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi