Beyl Madriddan ortga qaytishi mumkin
Sport
−
16 iyul 2019
4470Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl Londonning “Tottenhem” klubiga qaytib ketishi mumkin. Bu haqda “Euro-football” nashri xabar tarqatdi.
Xabaringiz bor, Uels terma jamoasi futbolchisi “Tottenhem” safida 2007/13 yillarda to‘p surgan edi. Londonliklar rahbariyati sobiq futbolchisi uchun “qirollik klubi”ga 60 mln yevro taklif qilmoqda. Futbolchi va ispan grandi o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun Garet Beyl 2013 yilda 100 mln yevro evaziga “Real” safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda futbolchi klub safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol kiritgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi