G‘aznachilik boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri buyrug‘i bilan Azamat Shuxratovich Fazilov G‘aznachilik boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.

Azamat Fazilov 1980 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr va 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

Moliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2000 yilda Samarqand shahar moliya bo‘limida 1-toifali mutaxassis lavozimidan boshlagan, keyinchalik vazirlik tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarda, xususan Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli Kitob jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining ijrochi direktori, Moliya vazirligi markaziy apparati Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori lavozimlarida samarali mehnat kilgan. Moliya vazirligidagi ish staji 19 yil.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov G'aznachilik

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing