Aziz Voitov Qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lishi kutilyapti

Jamiyat

image

Bugun, 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq vakillari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Ma’lumot uchun, Aziz Voitov hozirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib oradi.

U 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti: oliy, Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki turli lavozimlarda ishlagan (2000-2017 yy), 2017-2020 yillarda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing