Aziz Abduhakimovning ota-onasi ham koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimovning ota-onasi ham koronavirus yuqtirib olgan. Bundan tashqari amaldorning ikki yaqini ham ushbu xastalikdan vafot etgan. Bu haqda u “O‘zbekiston 24” teleradiokanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Afsuski, koronavirus infeksiyasi na yosh, na millat, na kasb, na jamiyatdagi mavqeni inobatga olmaydi. Har kuni ko‘plab fuqarolar ushbu infeksiya bilan kasallanayotganini ko‘rib turibmiz. 

Afsuski, ota-onam ham ushbu kasallikka chalindilar, vaholanki men har doim ulardan zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, barcha karantin talablariga rioya etishni so‘ragandim. Biroq bir marta bozorga borib-kelishning o‘zi ularning ham kasallikka chalinishi uchun yetarli bo‘ldi, hozir ular davolanishmoqda”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, vafot etganlar 114 nafarga yetdi. Ular orasida Abduhakimovning yaqinlari ham bor. Bu haqda u shunday deydi: 

“Oxirgi ikki hafta ichida yaqin ikki insonimni yo‘qotdim.  Afsuski,  bunday fojia har birimiz bilan yuz berishi mumkin.  Biz juda ham ehtiyotkor bo‘lishimiz lozim.  Hozir koronavirus infeksiyasi barcha hududlarda tarqalayotganiga guvohi bo‘lyapmiz. Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirildi”. 


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing