Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda yangi xalqaro telekanal ochishni taklif qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning turizm salohiyatini namoyon etuvchi alohida telekanalni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tomonidan kecha, 23 iyun kuni tashkilotga a’zo davlatlar Turizm vazirlarining V yig‘ilishida ilgari surildi. 

Abduhakimov tomonidan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm salohiyati va boshqa yo‘nalishlar targ‘iboti uchun xizmat qiluvchi alohida telekanal yaratish taklifi berildi. Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik ishtirokchi mamlakatlar orasida efir vaqtini taqsimlash orqali amalga oshiriladi. 

“Biz turkiy tilli davlatlar madaniyati va an’analarini namoyish etuvchi turli festivallarni tashkil qilish hamda ularning o‘tkazilishini  ishtirokchi mamlakatlarning madaniy tadbirlar yagona taqvimini shakllantirish orqali birgalikda targ‘ib qilishni taklif etamiz”, deydi Abduhakimov 

Bosh vazir o‘rinbosari ishtirokchilarga O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan “Maqom”, “Baxshi”, Xalq amaliy san’ati festivali kabi yirik madaniy-ommaviy festivalar haqida ma’lumot bergan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining tuzilishi to‘g‘risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni imzolagan edi. 2019 yil 15 oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida bo‘lib o‘tgan TTDHK sammitida O‘zbekiston Respublikasi to‘laqonli a’zo sifatida qatnashgan va unda O‘zbekiston rahbari ishtirok etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov Turkiy kengash

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing