Aziz Abduhakimov Turizm va sport vaziri etib ma’qullandi
Jamiyat
−
08 aprel 2021 4987 1 daqiqa
Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdi. Bu haqda parlament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 8 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimovning nomzodni ko‘rib chiqdi.
Xalq vakillari tomonidan Aziz Abduhakimov nomzodi ma’qullangan.
Ma’lumki, amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Live
Barchasi