Aziz Abduhakimov Bo‘stonliq tumani rahbari bo‘lishi kutilyapti

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimot vaqtida Prezident Toshkent viloyatning Bo‘stonliq tumanida belgilangan loyihalar to‘g‘ri amalga oshirilishi uchun hududga rahbarlik qilishni Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirish taklifini bildirdi.

“Davlat rahbari hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga parallel ravishda, yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini bajarishni yuklatish taklifi bildirildi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, Aziz Abduhakimov 2018 yildan buyon Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. 2019 yilning yanvarida unga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing