Ajabo: Uill Smitning tarsakisi uning oilasini saqlab qoldi

Madaniyat-san’at

image

Uill Smit 2022 yilgi Oskar mukofotini topshirish marosimida davra boshlovchisi va qiziqchi Kris Rokni mashhur aktyorning rafiqasi, amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi va prodyuser Jada Pinkett Smit haqidagi qo‘pol hazili uchun shapaloq tushirganini ko‘pchilik eslasa kerak.

Ushbu ko‘ngilsiz holatdan so‘ng aktyor tomoshabinlardan bir necha bor uzr so‘ragan, lekin u 10 yil davomida taqdimot va marosimlardan chetlashtirilgandi.

Shunga qaramay gollivud aktyorining shapalog‘i faoliyatiga qanchalik yomon ta’sir qilgan bo‘lsa-da, uning rafiqasining aytishicha, bu voqea ularning oilasini tom ma’noda saqlab qolgan. Gap shundaki, ayni paytgacha er-xotinning o‘zaro munosabatlari tobora yomonlashib, ularni bir-biriga bog‘lab turgan oila darz ketish arafasida bo‘lgan. Kutilmaganda tushirilgan bu tarsaki esa xonimga turmush o‘rtog‘i uni qanchalik sevishini anglatgan.

"Kim biladi, agar bu voqea sodir bo‘lmaganida, munosabatlarimiz qanday kechgan bo‘lardi?" deydi Uill Smitning ayoli. 

Ma’lumot uchun, Jada va Uill 1997 yilda turmush qurgan bo‘lib, hozirda ular uch farzandni birgalikda tarbiyalayapti.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Uill Smit Oskar mukofotini Kris Rokni Jada Pinkett Smit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing