Azar yana jarohat olgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
30 noyabr 2021 4360 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eden Azar yana mushaklaridan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Belgiyalik futbolchi Ispaniya chempionati 9-turining “Atletik Bilbao”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Eden gastroenterit sabab 14-tur doirasidagi “Granada” (4:1), 15-turdagi “Sevilya” (2:1), shuningdek UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi “Sherif”ga (3:0) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Real Madrid” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust