Azar Londonda qolishni rad etdi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Eden Azar jamoasi bilan shartnomasini o‘zaytirishni xohlamayapti. U yozda Madridning “Real” klubiga o‘tmoqchi.

Bu ma’lumotdan keyin, “Real” iloji boricha tezroq “Chelsi” bilan Azarning transferini kelishib olmoqchi, ammo shartnomasi 2020 yilda yakunlanadigan belgiyalik uchun 100 mln. funt to‘lamoqchi emas.

London klubi futbolchining ketish qarori tufayli uni sotishga majbur bo‘lishi mumkin, agar u boshqa klubga transfer qilinmasa, futbolchi 2020 yil erkin agentga aylanadi.

28 yoshli Azar 2012 yil “Lill”dan “Chelsi”ga o‘tgan edi. Transfer 35 mln. yevro evaziga amalga oshgan. Joriy mavsum u APLning 32ta o‘yinida maydonga tushib, 16ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Real Eden Azar

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing