Azar “butsasini mixga ildi” 

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubidagi yorqin o‘yinlari bilan yaxshigina tanilgan belgiyalik futbolchi Eden Azar faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Orzuyimni ro‘yobga chiqara oldim, dunyo bo‘ylab juda ko‘p maydonlarda to‘p surdim. Shu vaqtgacha ko‘plab yaxshi insonlar bilan, murabbiy va futbolchilar bilan tanishdim.  “Lill”, “Chelsi”va “Real” klublariga o‘z minnatdorligimni bildiraman, shuningdek, Belgiya futbol federatsiyasiga ham meni terma jamoaga chaqirgani uchun rahmat aytaman.  Endi yangi chaqiriqlarga tayyor bo‘lish kerak. Tez orada maydondan tashqarida ko‘rishamiz, do‘stlarim”, deb yozdi Azar.

Belgiyalik futbolchi professional faoliyatini Fransiyaning “Lill” klubida boshlagan. Karerasidagi yordin paytlarini Angliyaning “Chelsi” jamoasida o‘tkazgan. Eden 2019 yilda “Real” klubiga ko‘chib o‘tdi, biroq uning Madriddagi faoliyati muvaffaqiyatsiz kechdi.

Hujumkor yarim himoyachi faoliyati davomida Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi kabi yirik turnirlarda g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Real Eden Azar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made