Azar ham Ronalduni ortda qoldirdi

Sport

image

Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan bahsda “Chelsi” “Vest Xem” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur o‘yinda dubl qayd etgan Azar APLdagi jami gollari sonini 85 taga yetkazib olgan holda, bu borada portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. 

2003-2009 yillarda “Manchester Yunayted” safida to‘p surgan Ronaldu ichki chempionatda jami 84 ta gol urgan edi. 

Joriy mavsum 28 yoshli futbolchi Edin Azar “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Edin Azar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing