Ayya Sofiyada terakt uyushtirishni rejalashtirgan ISHID yetakchisi qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiyada ISHID terrorchilik tashkilotining “amiri” Mahmud Ozden qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi.

“Jangari tintib ko‘rilganda, portlatishga oid muhim rejalar aniqlandi, degan Soylu Twitter`dagi sahifasida. U politsiya xodimlari minnatdorlik bildirgan.

Vazirning ta’kidlashicha, ISHIDning qo‘lga olingan yetakchisi Iroq va Suriyadan ko‘rsatma olib turgan. Xususan, unga Turkiyada qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlari uchun 10-12 kishilik guruh tuzish vazifasi topshirilgan. U bir qancha siyosatchilar va Istanbuldagi Ayya Sofiya masjidida teraktr uyushtirishni rejalashtirgan.

Terrorchi Istanbuldagi Silivri qamoqxonasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya

Baholaganlar

369

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing