Aytadi ham, qaytadi ham. Galkin Isroilni tark etdi

Madaniyat-san’at

image

Hozirda Isroilda istiqomat qiluvchi rossiyalik yumorist Maksim Galkin Kiprga uchib ketdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. 

Bir necha kun avval Galkin konsertlar o‘tkazish uchun Yevropaga borishga tayyorgarlik ko‘rayotganini, u yerda Kipr, Polsha, Moldova va Britaniyadagi tomoshabinlar bilan uchrashishini ma’lum qilgandi.

“Ko‘pchilik men uchib keta olmasligimdan xavotirda. Hammasi yaxshi. Aeroport deyarli har doim ochiq. Shuning uchun, tashvishlanmang,” deydi Galkin o‘z obunachilariga.

Hozirda, u allaqachon Kiprga yetib borgan. "Shoumen"ning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatdan gastrol safari doirasida uchib ketgan.

“Aziz kuzatuvchilar, mening konsert dasturim boshlanmoqda. Men allaqachon Kiprga yetib keldim, ertaga yangi dastur bilan konsertim bo‘lib o‘tadi, Limassolda chiqish qilaman”, deydi Galkin.

San’atkorning rafiqasi Alla Pugachyovaning esa Isroildan uchib ketgani yoki yo‘qligi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik hajvchi Maksim Galkin yaqindagina ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Isroildan qochib qolmaslikka so‘z bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Alla Pugachyova Galkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing