Ayrim yuqori tashkilotlarning 30% vakolati mahalla darajasiga tushiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish reja qilingan. Bu haqda bugun, 8 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning referendum yakunlariga bag‘ishlangan chiqishida ma’lum qilindi.

Uchrashuvda davlat rahbari O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lini qat’iy davom ettirishini ta’kidladi. Bosh qonunda bu maqsadga erishish kafolatlari yanada kuchaytirilgan. 

“Bizga inson va biznesning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimi kerak. Ma’muriy islohotlarni aynan shu maqsadda boshladik. Birinchi bosqichda Hukumat va vazirliklar ixcham qilinib, ularning ish uslubi o‘zgartirildi. Navbatdagi vazifamiz viloyat va tuman darajasida ham boshqaruv sifatini oshirishdan iborat. Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan xalqchil tizim yaratish”, deydi davlat rahbari.

Shu bois, O‘zbekistonda moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish reja qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Shavkat Mirziyoev bandlik moliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing