To‘rt viloyatda Odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.

Adliya vazirligi:

•    2022 yil 1 iyulgacha Samarqanddagi, 2022 yil 1 dekabrgacha Farg‘onadagi, 2024 yil 1 sentyabrgacha ekspertiza bo‘limlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;

•    2022 yil 1 noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza bo‘limini zarur texnikalar bilan ta’minlaydi;

•    2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

DNK

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing