Ayrim tumanlarda qo‘lda terilgan paxtaga qo‘shimcha haq to‘lanadi

Jamiyat

image

Respublikadagi ayrim tumanlarda bu yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 200 so‘mdan ustama to‘lanadi. Bu xaqda Vazirlar Mahkamasining “2020 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytildi.

Quyidagi:

•  Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarda;

•  Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlarda;

•  Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarda;

•  Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat byudjetining qo‘shimcha manbalardan ustama haq to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda - 1 000 so‘mdan, ikkinchi terimda - 1 400 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lanishi belgilangan. 

Paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun esa 920 000 so‘mdan kam bo‘lmagan xizmat haqi to‘lanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

paxta

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing