Ayrim toifa uchun kuz-qish mavsumida elektr haqi to‘lab beriladi

Jamiyat

image

Noyabr oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga kuz-qish mavsumi uchun elektr energiyasi to‘lovi to‘lab beriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev bugun, 11 iyul kuni o‘tkazilgan press-turda ma’lum qildi. 

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berilmaydigan hududlarda yashovchi aholida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishi va bu holatda 200 kVtlik ijtimoiy norma kamlik qilishi hisobga olinganmi? Ushbu savolga javob berar ekan, HET boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bu masala yuzasidan muhokamalar bo‘layotganini ma’lum qildi. 

“Bu bo‘yicha bizda ishchi guruh tuzilgan, hali aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Lekin bu borada bizga topshiriq berilgan, kuzda hal bo‘ladi”, deydi G‘aybullayev. 

Shuningdek, HET rahbariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj iste’molchilarga elektr energiyasi xarajatlari uchun kuz-qish mavsumida ko‘mak berilishini ma’lum qildi.

“Aniq summasi esimda yo‘q, qancha muddatga ekani esimda yo‘q, noyabr oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga isitish mavsumi uchun elektr energiyasi iste’moli xarajati to‘lab beriladi”, deydi HET boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi Hududiy elektr tarmoqlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing