Ayrim rus tili o‘qituvchilariga ustama to‘lanadi

Jamiyat

image

2022 yil 1 fevraldan boshlab ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida S1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga ustama to‘lanadi.

Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, ustama ikki yil davomida bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Ushbu ustamalarni o‘z vaqtida to‘lab borilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy xalq ta’limi bo‘linmalariga vazirlikning ko‘rsatmasi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

rus tili ustama

Baholaganlar

341

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing