Ayrim oilalarga ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi

Jamiyat

image

“Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning kecha, 26 dekabr kuni qabul qilingan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi:

  • ushbu oilalar xonadoniga quvvati 7-10 kVtlik quyosh panellarini o‘rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi;
  • ushbu oilalarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tijorat banklari orqali 4 yilgacha BHMning 75 baravarigacha quyidagi maqsad va shartlarda kredit ajratiladi:
  • kredit oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar, motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi;
  • kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi;
  • kredit foiz stavkasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi va foiz to‘lovlari Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi.

Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarini belgilash va undan chiqarishga doir nizolarni tezkorlikda hal etish maqsadida 2026 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzurida apellyatsiya kengashi tashkil etiladi. Bunda:

  • apellyatsiya kengashi o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil amalga oshiradi;
  • apellyatsiya kengashi oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha dalolatnoma va xulosalarni qisman yoki to‘liq bekor qilish yoxud ularga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha “mahalla yettiligi”ga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat ta'minotidagi oila ijtimoiy yordam paketi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar