Ayrim mahsulotlarga import boji qo‘llanilmaydi
Jamiyat
−
21 oktabr 2021 7448 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvargacha, jumladan, quyidagi ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladi:
• sun’iy mo‘yna;
• zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
• sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar;
• shisha iplar;
• shisha tolali matolar va boshqalar.
Avvalroq, sitrus mevalari, ularning quritilgani hamda yangi olma, nok va behi bojxona bojidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr