Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash uchun boj miqdorlari o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash” va “Davlat boji” to‘g‘risidagi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga muvofiq alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilarning litsenziyasi bo‘lmagan holda ushbu mahsulotlarning realizatsiyasi, shuningdek, vakolatli organni ogohlantirmasdan pivo va pivo ichimliklarini (tabiiy vinodan tashqari) ishlab chiqarishi taqiqlanadi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Shuningdek, Soliq kodeksi soliq to‘lovchilarning yig‘imiga muvofiq quyidagi normalar bilan to‘ldirildi:

•  spirtli ichimliklar chakana savdosi huquqi uchun;

•  umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan spirtli ichimliklar sotish uchun.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar sotilishi boshlanganligi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega yuridik shaxslarning faoliyati tan olinadi.

Soliq yig‘imi spirtli ichimliklar sotilishi boshlangani to‘g‘risida xabar yuborilgan paytdan boshlab to‘lanadi. Agar bildirishnoma joriy oyning 20-kunigacha yuborilgan bo‘lsa, to‘lov to‘langan oy uchun to‘liq hisoblab chiqariladi. Agar bildirishnoma joriy oyning 20-kunidan keyin yuborilsa, keyingi oyning birinchi kunidan to‘lanadi. To‘lov har oyda joriy oyning 10-kunigacha oldindan to‘lov shaklida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning ilovasiga 50-band kiritildi. Unda alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash uchun davlat boji belgilandi:

a) spirtli ichimliklar ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat – BHMning 200 baravari;

b) iste’mol va texnik etil spirti, alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat:

•  rektifikatsiyalangan oziq-ovqat etil spirti – BHMning 100 baravari;

•  texnik etil spirti – BHMning 25 baravari;

•  aroq va etil spirtidan tayyorlangan mahsulotlar – BHMning 250 baravari;

•  kuchliligi 7 dan 22 foizgacha bo‘lgan vino ichimliklari – BHMning 250 baravari;

•  uzum va meva-rezavordan tayyorlangan spirt, alkogolli vino, uzum va meva -rezavorlarning xom spirtlari, uzum, vino, konyak, viski, rom, meva-rezavor va Kalvados, ko‘pikli va gazlangan sharob distillati – BHMning 50 baravari;

•  uzum va meva-rezavordan tayyorlangan vino mahsulotlari – BHMning 25 baravari.

Oziq-ovqat va texnik etil spirti, spirtli ichimliklar ishlab chiqarishni amalga oshirish huquqi uchun davlat boji har bir guruh turiga qarab yiliga bir marta to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun tamaki alkogol'

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing