O‘zbekistonda ayollar va erkaklar uchun nikoh yoshi tenglashtiriladi
Jamiyat
−
24 avgust 2019 10003 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekistonda erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshini 18 yosh qilib belgilash rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida mamlakatda erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshini 18 yosh qilib belgilashni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
10 ta moddadan iborat qonunni 79 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, e’lon qilingach, kuchga kiradi.