Ayollar huquqlarini mensimagan jamiyat o‘zini salohiyatining yarmidan mahrum qiladi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Ayollarning huquq va manfaatlarini mensimaydigan jamiyat o‘z salohiyatining yarmidan mahrum bo‘ladi, ayollar ishtirokisiz siyosiy tizim esa barbod bo‘lishga mahkum. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda ayollar mehnatiga bag‘ishlangan tadbirda aytib o‘tdi. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada ayollarga nisbatan hech qanday xurofot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. 

“Ayollar Turkiyada ijtimoiy va siyosiy hayotning barcha sohalarida ishtirok etadilar. Bugungi kunda mamlakatimizda ayollar qanotiga ega bo‘lmagan bironta ham partiya yo‘q. Ayni paytda jamiyat poydevori bo‘lgan biz uchun mustahkam oila tuzilmasi alohida ahamiyat kasb etadi”, deydi Prezident. 

Siyosatchi erta turmush qurish muammosiga to‘xtaldi.  

“Turk hukumati voyaga yetmagan qizlarni turmushga berish amaliyotini hech qachon olqishlamagan. So‘nggi yillarda bunday nikohlar soni minimal darajaga kamaydi”, deydi u. 

Davlat rahbari Turkiya hukumati tomonidan ayollarning mamlakat iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan hissasini rag‘batlantirish borasidagi sa’y-harakatlariga e’tibor qaratdi. 

“Shu paytgacha kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan 45 ming nafar ayolni qo‘llab-quvvatladik. Bugun biz hayratga soladigan bunday muvaffaqiyat hikoyalariga guvoh bo‘lamiz. Turkiyaning o‘tgan 20 yildagi o‘zgarishlar muvaffaqiyatlarining har bir qadamiga ayollar hissa qo‘shdi”, deydi Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing