Ayol o‘z janozasi vaqtida hushiga keldi

Olam

image

Hindistonning Karnataka shtatida shifokorlar vafot etganini aytgan ayol janozasi vaqtida hushiga keldi. Bu haqda “The Hindu” nashri xabar berdi.

Malatu Chaugulini harorati keskin ko‘tarilganda shifoxonaga olib borishgan. Oradan bir necha soat o‘tib u hushini yo‘qotgan. Shifokorlar uni o‘ziga keltirishga uringan, biroq bu natija bermagach, ayol o‘lgan deb qayd etilgan.

Shundan so‘ng, Chaugulining qarindoshlari uning tanasini olib, uyga ketishgan va barcha xayrlashishi uchun uni eshik oldiga qo‘yishgan.

Kutilmaganda ayol ko‘zlarini ochib, o‘rnidan turgan va barchani qo‘rqitib yuborgan. Keyinroq ayol komaga tushgani va shifokorlarning harakati xato ekani ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston janoza

Baholaganlar

3207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing