Ayol shantaj orqali tadbirkordan 20 ming dollar undirdi
Jamiyat
−
26 noyabr 2019
8697Farg‘onada ayol tovlamachilik yo‘li bilan tadbirkordan 60 000 AQSH dollari talab qilib, shundan, 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanga. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
“Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, M.Yu. ismli ayol, tadbirkor D. bilan bog‘liq videoyozuvlarni tarqatib raqobatchi tadbirkorlar o‘rtasida obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 60 000 AQSH dollari talab qilib, shundan, 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Farg‘onada “hojatbaror” 4 ming dollar bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi