“Ayaks” Ter Shtegen bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
12:51 422 1 daqiqa
Amsterdamning “Ayaks” klubi Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 34 yoshli posbon joriy mavsum oxiriga qadar ijara asosida Niderlandiya klubida to‘p suradi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, germaniyalik darvozabonning 90 foiz oyligini kataloniyaliklar to‘laydi.
Ma’lumot uchun, Ter Shtegen 2014 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelgan. U 2025-2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismini “Jirona”da ijarada o‘tkazdi. Biroq, jarohati sabab atigi ikki uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.
“Ayaks” esa o‘tgan mavsum Eredivizi chempionatini beshinchi o‘rinda yakunlagan. Jamoa Niderlandiya Kubogida 1/8 finalgacha yetib borgan, ammo UEFA Chempionlar ligasi saralash bosqichidan o‘ta olmagan.
Shu bois, Amsterdam klubi yangi mavsumda UEFA Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi.
Live
Barchasi