“Ayaks” posboni YTHga uchradi

Sport

image

Niderlandiyaning “Ayaks” futbol klubi hamda Kamerun terma jamoasi darvozaboni Andre Onana jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Voqea Kamerunda darvozabon milliy terma jamoa lageriga ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida ikkala mashina ham jiddiy shikastlangan bo‘lsa-da, futbolchi jarohat olmagan. Andre Onana JCH-2022 saralashi doirasida Jazoirga qarshi ikkita o‘yinda ishtirok etishga tayyor.

Onana “Barselona” tarbiyalnuvchisi hisoblanadi. U 2015 yili 150 000 ming yevro evaziga Amesterdamning “Ayaks” jamoasi safiga kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda Niderlandiya chempionatida Onana 4 uchrashuvda maydonga tushdi va 8 gol o‘tkazib yubordi.

Ma’lumot o‘rnida, Kamerun va Jazoir terma jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘yin joriy yilning 25 mart kuni, ikkinchi o‘yin 29 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing