Avtomobilni boshqarish uchun elektron ishonchnoma berish xizmati ishga tushdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali endi avtomobil boshqarishga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.

Bunda davlat boji:

•    1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so‘m);
•    6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so‘m);
•    3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 qoiz (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing