“Avtomobil tarixi” davlat xizmati joriy etildi
Jamiyat
−
12 mart 2022
6636Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 martidagi 106-son qarori bilan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
2022 yil 1 maydan boshlab:
• “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlari, YAIDXP yoki ularning ilovalari orqali aniqlash bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
• Transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida transport vositasining bosib o‘tgan masofasi haqidagi ma’lumotlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan majburiy tartibda axborot tizimiga kiritish yo‘lga qo‘yiladi.
“Avtomobil tarixi” quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:
• avtotransport vositasi haqida umumiy ma’lumotlar;
• bosib o‘tgan masofasi;
• shartnomalar tuzilganligi (ishonchnoma, ijara, hadya shartnomasi);
• yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi;
• sodir etilgan qoidabuzarliklar;
• garovda ekanligi haqida (mavjud bo‘lsa);
• taqiq mavjud yoki mavjud emasligi;
• bojxona rasmiylashtiruvi haqida;
• litsenziya maqomi (yo‘lovchi tashish bo‘yicha).
Davlat xizmatidan foydalanish uchun onlayn-so‘rovnoma (DXM, YAIDXP, ilova orqali) to‘ldiriladi. Xizmat ko‘rsatilganligi uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi. Ma’lumotnoma shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (avtotransport vositasi mulkdori tomonidan o‘z “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yo‘llangan so‘rovnomalar bundan mustasno). U axborot xususiyatiga ega bo‘lib, rasmiy hujjat hisoblanmaydi.
LiveBarchasi