Avtomaktablar o‘qitish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

2020 yil 1 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, avtomaktablar nazariy mashg‘ulotlar masofadan turib onlayn o‘qitish orqali amalga oshiriladi. Amaliy mashg‘ulotlar esa sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchilarga masofadan turib o‘qitish imkoniyati bo‘lgan tashkilotlargina ish boshlaydi. 

“Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan belgilangan talablarga amal qilmagan tashkilotlarga ma’muriy javobgarlikdan tashqari litsenziyasi bekor qilishgacha bo‘lgan choralar qo‘llanilishi mumkinligi tushuntirildi”, dedi Feruza Madrahimova.


Maqola muallifi

Teglar

avtomaktab

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar