Avtobusda erkak va ayollar uchun alohida joy ajratilgani aks etgan e’lonlar olib tashlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi avtobus salonining ichki qismida ayollar va erkaklar uchun alohida joy ajratilganiga ishora qiluvchi e’lon aks etgan suratlar tarqaldi. E’londa ayol yoki erkalar o‘zlariga tegishli bo‘lmagan joyda turmasligi hamda o‘tirmasligi aytilgan. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, mazkur holat 8-Avtobus saroyi filiali tassarufidagi 43-sonli Isuzu rusumli avtobus yo‘nalishida yuz bergan. Bu bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilib, avtobus salonidagi mazkur e’lon tezkorlik bilan olib tashlangan.

“Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, barcha avtobus haydovchilari va chiptachilari o‘rtasida navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazilayotganligini, shuningdek, avtobus salonida turli xildagi axborot materiallari tarqatilishining oldini olish, jamoat transportida e’lon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Jamoat transportida bunga o‘xshagan takliflar jamoatchilik faollari tomonidan ko‘p marotaba ilgari surilgan bo‘lib, metro vagonlarida ham uni joriy etish kerak degan fikrlar bildirilgan edi. Ya’ni metroning 1-2-vagonlari erkaklar, 3-4-vagonlari esa ayollar uchun ajratilishi kerakligi taklif qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Avtobus Toshshahartransxizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing