Avstraliyaga navbatdagi ofat tahdid solmoqda 

Olam

image

Avstraliyaning sharqiy hududlarida yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir tufayli toshqinlar yuzaga keldi, natijada 18 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda "Sky News" xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, evakuatsiya to‘g‘risidagi qaror Yangi Janubiy Uels shtati hokimiyati tomonidan 20 mart kuni qabul qilingan. 

Qutqaruv xizmatlari kamida 54 ming kishi yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lgan, deb hisoblamoqda. 

Kuchli yomg‘irlar 24 mart kuniga qadar davom etishi kutilmoqda. 

Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrisonning so‘zlariga ko‘ra, Yangi Janubiy Uelsdagi 35 ta aholi punkti izolyatsiya qilingan. 

Bundan tashqari, tabiiy ofat bilan bog‘liq holda 700 dan ortiq qutqaruv ishlari amalga oshirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, bir yil oldin shtat hududlari keng miqyosli o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekkandi, hozirda o‘sha hududlarda har 50-100 yilda bir marta sodir bo‘ladigan yomg‘ir yog‘moqda. 

Yangi Janubiy Uels Bosh vaziri Gledis Berejiklyanning aytishicha, shtatdagi 38 ta tuman tabiiy ofat zonasi deb e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya yomg'ir

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing