Avstraliyada bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
Olam
−
12 Sentabr
977Avstraliya hukumati bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlab, foydalanuvchilar uchun yosh cheklovlarini o‘rnatmoqchi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Entoni Albaneze ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yil oxirigacha qabul qilinishi rejalashtirilgan yangi qonun bolalarni onlayn tahdidlardan himoya qiladi va internet yoshlarning ongiga yetkazadigan zararni kamaytirishga yordam beradi.
“Biz bilamizki, ijtimoiy tarmoqlar jamiyatga zarar yetkazadi va bolalardan haqiqiy do‘stlarni olib qo‘yadi, ularga haqiqiy hayot tajribasini olishga imkon bermaydi. Biz bolalar o‘z qurilmalaridan ajralib, futbol maydonlariga, voleybol maydonchalariga, suzish havzalariga qaytishini istaymiz. Shunday qilib, ular virtual dunyodan uzoqlashib, haqiqiy odamlar bilan haqiqiy tajribaga ega bo‘ladi”, deydi Albaneze.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning bunday tarmoqlarga kirishi uchun minimal yosh hali belgilanmagan, biroq qonun 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yoshni qamrab olishi mumkin.
Avstraliyaning konservativ muxolifat yetakchisi Piter Datton bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va bu qonun borasidagi har bir kechikish bolalarni yanada zaifroq qilishiga amin ekanini ta’kidladi.
LiveBarchasi