Avstraliya Bosh vazirining samolyoti AQSHga favqulodda qo‘ndi

Olam

image

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze uchayotgan samolyot ekipaj a’zolaridan birining tobi qochgani sababli AQSHga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda SBS xabar  berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Entoni Albaneze AQSH Prezidenti Donal’d Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng Vashingtondan Avstraliyaga yo‘l olgan. Biroq uning samolyoti Missuri shtatining Sent-Luis shahriga qo‘ngan.

Qayd etilishicha, ekipaj a’zosi ustiga buyum tushib ketishi oqibatida jarohat olgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan va samolyot yoqilg‘i quyilganidan so‘ng Avstraliyaga uchib ketgan.

“Samolyot tibbiy yordam talab qiladigan hodisa oqibatida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Vashingtondan Avstraliyaga uchayotgan samolyot Missuri shtatiga qo‘ngan. Harbiy vakil Bosh vazir apparatining a’zosi emas”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning Moskvaga ketayotgan samolyoti Ozarbayjonning Baku shahriga majburiy qo‘ngan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Avstraliya Entoni Al'baneze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing