Avstraliya BAAga raketalar va harbiylarni yuboradi

Olam

image

Avstraliya Eronning ehtimoliy hujumlariga qarshi turishda Birlashgan Arab Amirliklariga yordam ko‘rsatadi va Fors ko‘rfaziga harbiylar hamda texnika yuboradi. Bu haqda Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, BAA iltimosiga binoan Avstraliya Fors ko‘rfazi mintaqasiga harbiy razvedka samolyoti, “havo-havo” toifasidagi raketalar va 85 nafarga yaqin harbiy xizmatchini jo‘natadi.

Entoni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, ushbu missiya BAAni Eron tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan zarbalardan himoya qilishga yordam berishi kerak va u mutlaqo mudofaa xarakteriga ega bo‘ladi.

Hukumatning aniqlik kiritishicha, operatsiya taxminan 4 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, shuningdek, mintaqadagi Avstraliya fuqarolari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Rasmiylar gap urushga kirish haqida emas, balki faqat ittifoqchini qo‘llab-quvvatlash va havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish haqida ketayotganini ta’kidlamoqda.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi nizo boshlangan vaqtda mintaqada 115 mingga yaqin Avstraliya fuqarosi bo‘lgan, ularning qariyb 24 ming nafari Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada havo hududini himoya qilish maqsadida Malatyaga Patriot havo mudofaa tizimi joylashtirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Avstraliya Birlashgan Arab Amirliklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing