Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi

Olam

image
Makronning Falastinni tan olishi hech vaqoni anglatmaydi – Tramp (video) north_east

Makronning Falastinni tan olishi hech vaqoni anglatmaydi – Tramp (video)

Shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida Avstraliya ham “Falastin xalqining o‘z davlatiga bo‘lgan huquqini” rasman tan oladi. Bu haqda Bosh vazir Entoni Albaneze bugun, 11 avgust kuni bayonot berdi

“Isroil va Falastin davlatchiligi barqaror bo‘lmaguncha, tinchlik faqat vaqtinchalik bo‘lishi mumkin”, dedi u.

Albanezening so‘zlariga ko‘ra, Falastin milliy ma’muriyati vakillari uni “HAMAS harakati bo‘lajak Falastin davlatida hech qanday rolga ega bo‘lmaydi”, deb ishontirgan.

BMTga a’zo 150 ga yaqin davlat Falastin hududlarini mustaqil Falastin davlati sifatida tan oladi. Bu davlatlar qatorida Yevropa Ittifoqiga a’zo Irlandiya va Ispaniya ham bor.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakati joriy yilning kuzida Falastin davlatchiligini tan olish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Kanada ham shunga o‘xshash rejalarini e’lon qildi. Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning bayonotlariga qaraganda, uning mamlakati ham bunday qadamni istisno etmaydi.

Germaniya hukumati esa Yaqin Sharq mojarosini mintaqada ikki davlat mavjudligi orqali hal etish tarafdori. Biroq Berlinning pozitsiyasi shundan iboratki, mustaqil Falastin davlatini yaratish va uni xalqaro huquq nuqtai nazaridan tan olish faqat muzokaralar jarayoni natijasida mumkin. Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning ko‘pligi sababli bugungi kunda bunday muzokaralarda murosaga erishish deyarli mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya BMT Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing