Aviashouda qiruvchi samolyot qulab tushdi (video)

Olam

image

Gretsiya sharqida aviashou vaqtida F-4 Phantom qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Uchuvchilarning taqdiri noma’lum. Bu haqda ERT telekanali xabar berdi. 

“Shanba kuni soat 15:00 ga yaqin Tanagrada namoyish parvozi vaqtida F-4 Phantom harbiy qiruvchi samolyoti halokatga uchradi”, deyiladi telekanal xabarida.

ERT xabariga ko‘ra, namoyish dasturi boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib samolyot balandlikni yo‘qota boshlagan. U yerga qulaganida portlash yuz bergan, hozirda o‘t o‘chiruvchilar vertolyotlar yordamida olovni o‘chirmoqda. Samolyotda bo‘lgan ikki uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan-ulgurmagani noma’lum.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot ikki qismga bo‘linib ketgan va ikkala qism ham yonib ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning g‘arbiy qismidagi Alyaska shtatida bortida 8 kishi bo‘lgan charter samolyoti halokatga uchragan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing