Aviahalokat tafsiloti. Omon qolish imkoniyati deyarli yo‘q – Eron FVV

Olam

image

Avvalroq, Eron poytaxti Tehrondagi Imom Homayniy xalqaro aeroportidan uchgan Ukraina aviakompaniyasiga tegishli samolyot ko‘p o‘tmay halokatga uchragani haqida xabar bergan edik. dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda 180 kishi borligi aytilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, PS752 reysi bilan uchgan samolyot bortida 167 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Eron Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, aviahalokatda yo‘lovchilarning omon qolish imkoniyati deyarli yo‘q.

"Reuters" agentligi  havo laynerida 170 nafardan ko‘proq odam bo‘lganini ma’lum qilyapti. Samolyot "Ukraina xalqaro havo yo‘llari" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. 

Hodisa joyida Qizil yarim oy jamiyati vakillari ham ish olib boryapti.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Aviahalokat

Baholaganlar

197

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing