Uch davlatdagi o‘zbekistonlik talabalarni olib kelish uchun reyslar qo‘yish rejalashtirilyapti

Jamiyat

image

Avvalroq, saytimizda Ukrainaning Dnepr shahri Dnepropetrovsk tibbiyot akademiyasida o‘quvchi va uning bitiruvchilari bo‘lgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolarining Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan murojaati e’lon qilingandi. Unda talabalar Vatanga qaytishni istashini aytib, davlat rahbaridan yordam so‘ragandi.

O‘zbekistn Respublikasi Transport vazirligining bugun, 25 iyul kuni bergan bergan ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya, Ukraina va Misr davlatiga o‘zbekistonlik talabalarni olib kelish uchun charter reyslar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti.

“Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga binoan avgust oyining birinchi dekadasida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Qozon, Rostov-Don, Kiyev, Qohira shaharlaridan maxsus charter reyslari orqali O‘zbekistonlik talabalarni olib kelish ishlarini tashkil etish masalasida xorijiy davlatlar aviatsiya ma’muriyatlari bilan ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Vazirlik pandemiya sabab xorijda qolib ketgan o‘zbekistonlik talabalarni ortga qaytarish uchun amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, bugungacha Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Tomsk, Minsk,  Istanbul kabi shaharlardan o‘zbekistonlik yoshlar Vatanga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

charter reys

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing