“Avatar 3” qachon premera qilinishi aytildi 

Madaniyat-san’at

image

“Avatar 3” ilmiy-fantastik filmi 2024 yilning 20 dekabrida kinoteatrlarda namoyish etiladi. Bu haqda “Kinoafisha” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kinoning premerasi 2024 yil 19 dekabrda bo‘lib o‘tadi. 20 dekabrda esa katta ekranlarda namoyish etiladi.

Film rejissyori Jeyms Kemeronning aytishicha, “Avatar” ilmiy-fantastik filmining uchinchi qismi batamom o‘zgaradi. Film tomoshabinlarga olov elementlariga asoslangan madaniyat va ikkita qabila hayot tarzini namoyish etadi.

“Ushbu kartina uchun olov katta ramziy ma’noga ega. Biz uchinchi qismda ushbu elementga asoslangan madaniyatni ko‘ramiz”, deydi rejissyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Avatar 3” filmning ikkinchi qismi – “Avatar 2: suv yo‘li” bilan parallel ravishda suratga olingan. “Avatar 3” kartinasining xronometraji 9 soatdan oshadi. Shu sababli kinoning yakuniy versiyasi uchga qisqartirilish kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Avatar 2: Suv yo‘li” ilmiy-fantastik filmi dunyo kassalarida 1,9 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing